Ana xolos! Portugaliya bosh murabbiyi Ronalduga ovoz bermadi

Sport

image

Avvalroq, FIFA 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish natijalarini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush kuchli uchlikka Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduni kiritmagani ma’lum bo‘ldi. Santushning ro‘yxatida Ngolo Kante birinchi, Jorjino (ikkisi ham “Chelsi”) ikkinchi, Robert Levandovski (“Bavariya”) uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski ovoz berish natijalariga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Kuchli uchlikdan polshalikdan tashqari PSJ futbolchisi Leo Messi va “Liverpul” vingeri Muhammad Saloh o‘rin olgan. 

Robert 2021 yilda dunyoning eng sermahsul futbolchisiga aylandi. “Bavariya” va Polsha tarkibida 59 ta o‘yinda 69 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 

Ma’lumot uchun, ovoz berishda terma jamoalar sardorlari va bosh murabbiylari, OAV vakillari hamda muxlislar ishtirok etadi. Yil yakunida sardorlar, murabbiylar va jurnalistlar eng yaxshi uch futbolchini tanlaydilar. Birinchi o‘rinda qayd etilgan futbolchiga 5 ball, ikkinchi o‘ringa 3, uchinchi o‘ringa 1 ball beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu The Best FIFA Santush

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing