O‘zbekistonda koronavirus qanday tarqalyapti?

Jamiyat

image

Bugun, 6 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Xabibulla Oqilov brifingda ishtirok etib, fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi.

O‘zbekistonda koronavirusning qanday yuqish holatlari ko‘proq uchrayapti?

“Koronavirus aholiga qaysi yo‘l bilan — aksirish, qo‘l berib ko‘rishish yoki buyumlar orqali yuqqanligini aniq aytish mushkul”, dedi Xabibulla Oqilov

Britaniyalik olimlarning D vitamini va  quyosh nurining yetishmasligi koronavirusdan o‘lim holatini kuchaytirishi haqidagi taxminlari to‘g‘rimi?

“D vitamini yetishmovchiligining koronavirusdan o‘lim holatini kuchatirishiga uzviy bog‘liqligi isbotlanmagan.

Haqiqatdan ham D vitamini yetishmovchiligi organizmda immunitet zaiflashishiga va uning kasalliklarga tez chalinishiga olib kelishi mumkin

Biroq bularning barchasi olimlarning taxminlari bo‘lib, bu borada izlanishlar davom etmoqda”, dedi SSV vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha virus yuqtirganlar 2217 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 1547 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

896

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing