Amudaryoning yuqori va o‘rta oqimida suv toshqinlari bo‘lishi kutilmoqda
Jamiyat
−
25 may
14995Tojikiston va Afg‘onistondagi kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan Amudaryoda suv sathi ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda Turkmaniston Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Amudaryoning asosiy kuzatuv punkti "Kerki" gidropostida 21-23 may kunlari suv sathi noldan 290-310 santimetrgacha, "Turkmanobod"da 22-25 may kunlari 270-300 santimetrgacha, "Darg‘on-Ota"da 480-500 santimetrgacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
18 va 23 mayda olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari solishtirilganda ham Amudaryoda suv sathining ko‘tarilishi 18 may kuniga nisbatan 23 mayda sezilarli ko‘payib ketganini ko‘rish mumkin.
Taxminlarga qaraganda, Amudaryoda suv sathi ko‘tarilishiga Tojikiston va Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir sabab bo‘lmoqda. 16-18 may kunlari Tojikistonning bir necha mintaqalarida juda kuchli yomg‘ir yog‘di. Ob-havo stansiyalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joylarda kuniga 50 mm va undan ortiq yog‘ingarchilik kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi joriy yilda Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.
Habib Jo‘raboyev
LiveBarchasi