Amudaryodagi ko‘prikning bir qismi cho‘kib ketdi 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda Amudaryo ustidan o‘tgan ko‘prikning bir qismi cho‘kib ketgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatga Amudaryo tuman hokimligi izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur videodagi tasvirlar "Jumurtov panton" ko‘prigiga tegishli bo‘lib, daryoda katta muz bo‘laklari yig‘ilishi oqibatida ko‘prikning bir qismi yaroqsiz holga kelib qolgan. Shu sababli zudlik bilan ko‘prikni ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Hokimlik ayni paytda "Jumurtov panton" ko‘prigini ta’mirlash ishlari yakunlanganligini ham qo‘shimcha qilgan.

“Ko‘prikni ta’mirlash ishlari yakunlanganini hamda ko‘prik yaroqli holga kelib, ishga tushirilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Muborak - Pomuq – Alang - Nishon”‎ avtomobil yo‘lining 17 kmda, 1982 yilda (zovur ustida) qurilgan, uzunligi 12 pm bo‘lgan ko‘prikning qulab tushgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Amudaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing