Amsterdamdagi tartibsizliklarda portlashlar sodir bo‘ldi 

Olam

image

Koronavirusga qarshi cheklovlar sababli tartibsizliklar davom etayotgan Niderlandiya poytaxti Amsterdamda portlashlar yuz berdi. 

Qo‘poruvchilik harakatlari Amsterdam chetidagi Osdorp hududida sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, portlashlarning biri namoyishchilar tomonidan yoqib yuborilgan yuk mashinasida, boshqasi esa savdo do‘konida yuz bergan.

Shuningdek, tartibsizliklar paytida politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, ayni paytda, hududda komendantlik soati joriy etilib, norozilik harakatlari deyarli to‘xtagan. 

Qayd etilishicha, namoyishchilarning so‘nggi guruhlari xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingan ovqatlanish shoxobchasini boshpana qilgan.

Milliy politsiya boshlig‘i Villem Vuelen kecha, 26 yanvardagi tun avvalgi kunlarga qaraganda "anchagina tinch" o‘tganini ta’kidlagan. 

Biroq, u ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chaga chiqishga chaqiriqlar hali ham ko‘p bo‘layotganini aytmioqda.

Ma’lumot uchun, Niderlandiyada tartibsizliklar 24 yanvar kuni mamlakatda komendantlik soati amalga kirgandan so‘ng boshlangan. 

Niderlandiya Hukumati joriy yilning 9 fevraligacha kuchli lokdaunni uzaytirgan. Mamlakatda faqatgina oziq-ovqat va zarur mollar sotiladigan do‘konlar mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Kafe, restoran, teatrlar, muzeylar, ko‘ngilochar markazlar, hayvonot bog‘lari, sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari, kazinolar, saunalar, basseynlar, sport zallari butunlay yopilgan. 

2020 yil 16 dekabrdan boshlab Niderlandiyadagi barcha ta’lim muassasalari masofaviy rejimga o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Niderlandiya

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing