Amorimning MYUdagi ishongan tog‘i qaysi futbolchi bo‘lishi aniq bo‘ldi
Sport
−
13 noyabr
6887“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim ingliz klubida Meyson Mauntni asosiy futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Amorim yarim himoyachi Meyson Mauntni “qizil iblislar”ning ishongan tog‘iga aylantirmoqchi. Amorim Mountning ko‘p qirraliligiga shubha qilmayapti va futbolchi murabbiy amalga oshirmoqchi bo‘lgan tizimga yaxshi moslasha olishi kutilmoqda.
Meyson Maunt 2023 yilning yozida “Chelsi”dan 60 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga o‘tgandi, bu mavsumda ingliz futbolchisi mankunianliklar safida 5 ta o‘yin o‘tkazdi, biroq birorta ham samarali gol ura olmadi.
Ma’lumot uchun, MYU Angliya chempionatining ortda qolgan 11 ta turidan keyin 15 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinni band etgan. Jamoa navbatdagi o‘yinini 24 noyabr kuni “Ipsvich”ga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi