Amorim yangi jamoa bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
15 iyun 1401 1 daqiqa
“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim “Milan”ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kelishuv allaqachon yakuniga yetgan. Portugaliyalik murabbiyning Italiya giganti bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangani aytilmoqda. Amorim yangi klubida soliq imtiyozlari bilan birga yiliga 3,5 million yevro maosh oladi.
Qayd etilishicha, Amorimning “Milan” bilan shartnomasida A Seriya va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari uchun turli bonuslar mavjud.
“Rossonerilar” o‘tgan mavsumda Yevropaning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma ololmagan, ammo Yevropa ligasida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Ruben Amorim oxirgi bor “Manchester Yunayted”da ishlagan edi. U klubni 2024 yil noyabrdan 2026 yil yanvargacha boshqargan. Murabbiy ushbu davrda jamoa bilan jami 66 ta uchrashuv o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan.
Live
Barchasi