“Amirsoy”da katta qor ko‘chishi sodir bo‘ldi
O‘zbekiston
−
20 Yanvar 2022 12313 1 daqiqa
Kecha, 19 yanvar kuni “Amirsoy” dam olish maskanidagi kanatlar oldida katta hajmda qor ko‘chishi kuzatildi. Bu haqda Chimyon qor ko‘chki stansiyasi kuzatuvchisi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qor ko‘chkisidan hech kim jabrlanmagan. Kuchli qor bo‘ron kuzatilishi to‘g‘risidagi ogohlantiruv xati asosida maskanga aholi vaqtincha qabul qilinmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qor ko‘chkan hudud atrofini zudlik bilan ogohlantiruvchi to‘siqlar bilan o‘rab olgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, avval ham “Amirsoy”ga yaqin hududlarda ikkita katta hajmda qor ko‘chkisi kuzatilgan.


Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr