Amir Temur xiyoboni yaqinidagi bo‘sh turgan binolar ochiq savdoga qo‘yiladi 

Jamiyat

image

Amir Temur xiyoboni yaqinidagi bo‘sh turgan binolar ochiq savdoga qo‘yiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Amir Temur xiyoboni atrofidagi binolar tekinga tendersiz xususiy sektorga berib yuborilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ta’kidlanishicga, bu xabarlar asosiz va u yerdagi binolar ochiq savdoga qo‘yiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayrim ob’ektlar uni tezroq ishga tushirish, loyihani ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan, istisno tariqasida to‘g‘ridan–to‘g‘ridan sotilishi mumkin. Lekin, ular umumiy sotilayotgan ob’ektlar soniga nisbatan juda ham kam miqdorni tashkil etadi. Qayd etish kerakki, ular uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatmay kelayotgan yoki bo‘sh turgan korxona va ob’ektlardir.

Toshkent shahri Amir Temur xiyoboni Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishuvida joylashgan Gazetalar ishlab chiqarish majmuasining bo‘sh turgan binolar qismi hamda Buxoro ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan sobiq Sverdlov nomidagi konsert zali haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur binolar foydalanilmay, eski ko‘rinishga kelib qolgan va shahar ko‘rkini buzib turgan binolar hisoblanadi.

"Agentlikka aynan ushbu ob’ektlarga "Forsa Barsa" MCHJ tomonidan 5 yil muddat ichida 15 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish, ularni to‘liq rekonstruksiya qilish majburiyatini olgan holda ob’ektlar negizida gastrol -konsert faoliyatini tashkil etish va kamida 150 ta yangi ish o‘rnini yaratish sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

Lekin, bu takliflar rad etilgan. Ushbu ob’ektlar ommaviy savdolar orqali sotiladi. Va eng yaxshi taklif bergan investor unga ega bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Avvalroq, xiyobonga yondosh bo‘lgan "O‘zbekiston" mehmonxonasi sotilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

ochiq savdo xiyobon

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing