O‘zbekistondagi barcha xiyobonlarda bepul Wi-Fi o‘rnatiladi
Jamiyat
−
28 iyun
3192O‘zbekistondagi har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarda bepul Wi-Fi o‘rnatiladi. Bu haqda bugun, 28 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinishi aytilib, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar qurilishi aytilgandi.
LiveBarchasi