Botanika bog‘i xiyobonga aylantirilmaydi – Toshkent shahar hokimligi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2023
6048Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining Fanlar akademiyasi tasarrufidan Toshkent shahar hokimligiga o‘tkazilayotgani va bu to‘g‘ridagi e’tirozlarga Toshkent shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Hokimlikning bildirishicha, Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmagan va hokimlik mazkur qaror tashabbuskori emas.
“Hokimlik ushbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asrash, o‘simliklar genofondini saqlash va ko‘paytirishdagi ahamiyatini e’tirof etadi va uni istirohat bog‘iga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi”, deyiladi xabarda.
Shahar hokimligi, shuningdek, project.gov.uz portali loyihalarning jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishni nazarda tutishi hamda faqat jamoatchilik tomonidan qabul qilingandan keyingina hujjat vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanishi va kuchga kirishini eslatib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bu qaror dastlab jamoatchilik va Ekopartiya noroziligiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Rasul Kusherbayev o‘z Telegram-kanalida hukumatning ushbu qaroriga munosabat bildirgandi. Keyinroq Fanlar akademiyasi qaror yuzasidan o‘z noroziligini bildirgandi.
LiveBarchasi