Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi?
Jamiyat
−
16:13 993 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Botanika bog‘i hududida daraxtlar kesilayotgani va qurilish boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Yunusobod tumani hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu hududda hech qanday daraxt kesish ishlari olib borilmayapti. Aksincha, bog‘ hududida aholi qulay hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratish hamda daraxtlar uchun zarur bo‘lgan namgarchilikni oshirish maqsadida maxsus loyiha asosida sun’iy ko‘l tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyihaga ko‘ra:
- Ko‘l maydoni – 0,5 gektar;
- Suv hajmi – 10 000 metr kub;
- Velo hamda piyodalar sayr yo‘lagi – 1,2 km;
- Qo‘shimcha ekiladigan daraxtlar – 180 tupni tashkil etadi.

Hokimlik fuqarolardan asossiz xabarlarga ishonmaslikni, har qanday holat bo‘yicha rasmiy manbalarga tayanishni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident aholi uchun qulay sharoitlar, shaharda salqin mikroiqlim yaratishga bu kamlik qilishini qayd etib, Toshkent shahridagi ko‘llar sonini 12 taga yetkazishni topshirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi