Botanika bog‘ida velosiped va samokat uchish taqiqlandi
Jamiyat
−
13:07 1335 1 daqiqa
Joriy yilning 1 aprel kunidan boshlab Toshkent shahridagi Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish davomida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bog‘liq holatlar tez-tez kuzatilgan.
Shu munosabat bilan, tashrif buyuruvchilarning ko‘plab so‘rovlari hamda ilmiy kengashning qaroriga asosan bog‘ hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi.
“Ushbu chora barchamiz uchun bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tabiat go‘zalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, fuqarolardan ushbu tartibga amal qilish va xavfsizlikka befarq bo‘lmaslik so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yashil makon” loyihasi doirasida O‘zbekistonda yana 12 ta botanika va 16 ta dendrologiya bog‘ini tashkil etish rejalashtirilgandi.
Live
Barchasi