Kelasi yili Toshkentda 3 ta dendrologiya va 1 ta botanika bog‘i tashkil etiladi

Jamiyat

image
Toshkentdagi issiqxona, qurilish va sanoat korxonalari tekshirilmoqda north_east

Toshkentdagi issiqxona, qurilish va sanoat korxonalari tekshirilmoqda

O‘zbekistonda 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bog‘lari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 22 noyabr kuni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida o‘tkazilgan muloqotda QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 18 noyabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ilovasiga muvofiq, 2025 yilning dekabr oyigacha Respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bog‘larini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan. 

QALAMPIR.UZ’da mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi dendrologiya bog‘i 2026 yilning noyabrigacha poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Fanlar akademiyasi Yadroviy fizika instituti va unga tutash bo‘lgan 250 gektar maydonda tashkil etiladi. Unga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 335 milliard so‘m ajratiladi. 

Ikkinchi dendrologiya bog‘i 2026 yilning noyabrigacha Toshkent shahrining Bektemir tumani “Nurafshon” MFY Chirchiq daryosiga tutash hududning 181 gektar yer maydonida tashkil etiladi. Unga ham Ekologiya jamg‘armasi hisobidan 242,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. 

Uchinchi dendrologiya bog‘i 2026 yilning noyabrigacha “Yashil universitet” qarshisidagi hamda Toshkent va Qibray tumanlariga tegishli 77,9 gektar yer maydonida tashkil etiladi. Unga Ekologiya jamg‘armasi hisobidan 104 millard so‘m ajratiladi. 

Shuningdek, rejaga ko‘ra, 2026 yilning noyabrigacha Toshkent shahri Sergeli tumani “Xonobodtepa” MFYning 81 gektar yer maydonida “Botanika  bog‘i”ni tashkil qilish ko‘zda tutilmoqda. Unga Jamg‘arma hisobidan 108,5 millard so‘m sarflanadi. 

Loyihani ishlab chiqish uchun Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul etib belgilangan. 

Dendrologiya va botanika bog‘lari utilizatsiya yig‘imidan kelib tushgan, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga har yili ajratiladigan, homiylik va xayriya hamda mahalliy byudjet mablag‘laridan amalga oshiriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Botanika bog'i Ekologiya Dendrologiya bog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing