Amerikaning bir nechta samolyot va vertolyotlari “Tolibon” qo‘liga o‘tdi 

Olam

image
“Tolibon” AQSHga “qizil chiziq”ni ko‘rsatdi north_east

“Tolibon” AQSHga “qizil chiziq”ni ko‘rsatdi

“Tolibon” harakati Amerikaning bir nechta samolyotlari, harbiy vertolyotlari va tankga qarshi raketalarini qo‘lga oldi. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali manbalarga tayanib xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, bu hodisa Pentagonda xavotir uyg‘otgan. Manbalarga ko‘ra, “Tolibon” qo‘lga olgan qurollarni yo‘q qilish to‘g‘risida hozircha qaror qabul qilinmagan. 

“Tolibon”ga vertolyot va samolyotlardan foydalanish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, chunki uchuvchilar yo‘q, “Tolibon”ga texnik xizmat ham ko‘rsatilmaydi”, degan manbalar. 

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar alohida operatsiyalar, shu jumladan harbiy omborlarga zarba berish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun evakuatsiya jarayonining tugashini kutmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. O‘sha kuni Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 

Afg‘onistonda hokimiyat toliblar qo‘liga o‘tishi bilan, mamlakatni tark etishni istovchilar soni keskin oshib ketdi. Bu esa Qobul aeroportida vahima va taloto‘plarni yuzaga keltirdi. Sarosimaga tushgan afg‘onistonliklar aeroportni boshiga ko‘tarib, duch kelgan samolyotga osildi. Ushbu holatda amerikalik harbiylar dastlab, havoga, keyin odamlarga qarata o‘q uzishgacha borgan. Oqibatda bir necha kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Bundan tashqari, uchib ketayotgan samolyot kuzoviga osilgan afg‘onistonliklarning yiqilib o‘lishi holatlari ham kuzatildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tolibon

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing