Amerikani ostin-ustin qilgan o‘lim sababi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

O‘limidan keyin AQSHda tartibsizliklar boshlangan afroamerikalik Jorj Floyd qotillik qurboni bo‘lgani aytildi. Ikki nafar mustaqil sud-tibbiy eksperti erkakning tanasini yorib ko‘rib, u bo‘g‘ilib qolishdan vafot etgan degan xulosaga keldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Mexanik asfiksiya o‘limning sababi, qotillik – o‘lim uslubi”, degan Michigan universiteti doktori Allesiya Uilson.

Floydning oilasi iltimosi bilan uning tanasini ochgan doktor Maykl Baden marhumda o‘limga sabab bo‘ladigan boshqa sabab bo‘lmaganini ma’lum qilgandi. U o‘lim bo‘yin va yelkani qattiq bosish oqibatida yuz berganini aytgan.

Avvalroq, Xennepin okrugi sud-tibbiy ekspertlari Floyd organizmdagi boshqa kasalliklar va harakatsiz qolishdan vafot etganini ta’kidlagandi.

Ma’lumot uchun, afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi butun mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Floyd 25 may kuni Minneapolisda politsiya xodimi tomonidan ushlandi. Hibsga olish paytida politsiyachi Floydning bo‘ynini tizzasi bilan bosib, bo‘g‘ib qo‘ydi. Keyinchalik Floyd reanimatsiyada vafot etdi va uning hibsga olinganligi haqidagi video Internetda tarqaldi. Shundan so‘ng, AQSHning ko‘plab shaharlarida tinch namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.

Tartibsizliklar Oq uygacha yetib keldi. AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu vaqtda bunkerga olindi. Shuningdek, namoyishlar Yevropaga ham yetib bordi. London va Berlin aholisi ko‘chalarda to‘planishdi. Ular hukumatdan politsiya huquqlarini cheklashni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jorj Floyd o'limi

Baholaganlar

1698

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing