Amerikalik Olimpiada chempioni vafot etdi
Sport
−
14 mart 2023 4409 1 daqiqa
1968 yilda balandlikka sakrash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan amerikalik Dik Fosberi 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda 13 mart kuni sportchining agenti Rey Shulte ma’lum qildi.
“Mening uzoq yillik do‘stim va mijozim Dik Fosberi yakshanba kuni erta tongda uyqudan uyg‘onmadi”, deb yozdi Shulte.
Fosberi zamonaviy balandlikka sakrash texnikasi muallifi sifatida tanilgan. Sportchilarning aksariyati balandlikka sakrashda Fosberi usulidan foydalanadi.
1968 yilda Fosberi Mexiko Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan va 2,24 metr balandlikni zabt etib, o‘sha paytdagi Olimpiya rekordini o‘rnatgandi.
Balandlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordi hozirda kubalik Xaver Sotomayorga tegishli (2,45 metr). Olimpiada rekordchisi esa Charlz Ostin hisoblanadi. U 1996 yilda Atlantadagi o‘yinlarda 2,39 metr natijani qayd etgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr