Amerikadan demokratiyani hech kim tortib ololmaydi – Bayden

Olam

image

Demokratik partiyadan Prezidentlikka nomzod Jozef Bayden Amerika demokratiya yo‘lini uzoq vaqt bosib o‘tganini va uni hech kim amerikaliklardan tortib ololmasligini aytdi.

"Bizning demokratiyamizni hech kim bizdan tortib ololmaydi. Bu hozir ham bo‘lmaydi, hech qachon ham bo‘lmaydi. Amerika bu yo‘lda juda uzoq vaqt yurgan, juda ko‘p janglarni o‘tkazgan va bunga erishish qo‘yish uchun juda ko‘p qiyinchiliklarga dosh bergan”, deb yozdi u Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda Prezident saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkazildi. Ammo pandemiya sharoitida pochta orqali ovoz berish yo‘lag qo‘yilgani bois, byulletenlar yetib kelishi vaqt olyapti va yakuniy natijalarni chiqarish ham cho‘zilyapti. Tramp esa bundan norozi. U saylov uchastkasi yopilganidan keyin kelgan byulletenlarni hisoblamaslikni talab qilyapti.

Ayni vaqtda Donald Tramp saylovchi kollegiyalarning 214 ta ovozini olgan. Uning raqibi Jo Bayden esa 264 ta shunday ovoz bilan oldinda boryapti. Baydenga g‘alaba uchun yana 6 ta ovoz kerak. Hozirda Jorjiya, Shimoliy Karolina, Nevada va Pensilvaniya shtatlarida byulletenlarni saralash ishlari davom etyapti. Avval boshda bu shtatlarda Tramp ustunlik qilgan bo‘lsa, borgan sari Bayden oradagi farqni qisqartiryapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing