Amerikada uysizlar soni keskin oshdi

Olam

image

O‘tgan yil hisobotiga ko‘ra, Amerika ko‘chalarida doimiy uy-joyi bo‘lmaganlar soni rekord ko‘rsatkichga – 650 mingga yetgan. Bu haqda AQSH uy-joy qurilishi va shaharsozlik departamenti ma’lum qildi.

Amerikada boshpanalarda, ko‘chada, chodirlarda yoki mashinalarda yashovchi odamlar soni 2021 yilga nisbatan 12 foizga ortgan. Uysizlar sonining ko‘payishi, asosan, uy-joy ijarasi narxining oshishi bilan bog‘liq. Shuningdek, ekspertlarning fikricha, muhojirlar oqimining ko‘payishi ham vaziyatni yomonlashtiryapti.

Qo‘shma Shtatlardagi uysizlarning 40 foizi afro-amerikaliklar, to‘rtdan bir qismi keksalar va 10 foizdan kamrog‘i ispan millatiga mansub fuqarolardir. Ular safiga so‘nggi yillarda mamlakatga kelgan ko‘plab qochqinlar ham qo‘shilgan.

Uysizlikka barham berish bo‘yicha milliy alyansning bildirishicha, muammoni hal qilish uchun AQSH hukumati muhojirlarga ish topishni osonlashtirishi va boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqishni tezlashtirishi, shuningdek, uy-joy ijarasida ko‘proq yordam ko‘rsatishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq Prezident Amerikaning amaldagi rahbari Jo Bayden ma’muriyatini migratsiya siyosati uchun tanqid qilgan, buning natijasida Qo‘shma Shtatlar “axlatxona”ga aylanganini aytgandi. Siyosatchining ta’kidlashicha, Amerika shaharlari “uysizlar, giyohvandlar va zo‘ravon jinoyatchilarga to‘lib ketgan”.


Maqola muallifi

Teglar

rekord Amerika uysizlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing