Amerikada 90 yoshli erkak fazoga uchirildi

Olam

image

Amerikaning xususiy aerokosmik kompaniyasi “Blue Orign” 90 yoshli astronavt Ed Duaytni fazoga uchirdi. Bu haqda kecha, 20 may kuni BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, parvoz joriy yilning 19 may kuni “Blue Orign”ning kapsulasi bortida yana besh yo‘lovchi bilan amalga oshirilgan.

“Bu mening hayotimni o‘zgartiruvchi tajriba”, deydi Ed Duayt.

Ed Duayt kosmosga uchishni ancha yillar orzu qilgan. U orzusini ro‘yobga chiqarish uchun 60 yildan ko‘proq kutishga to‘g‘ri keldi. 1961 yilda Duayt AQSH prezidenti Jon Kennedi tomonidan mamlakatdagi birinchi qora tanli astronavt nomzod sifatida tanlangandi. O‘sha paytda u havo kuchlari uchuvchisi edi. Ammo NASA fazoga uchish missiya uchun uni tanlamagandi.

Ma’lumot uchun, ushbu amalga oshirilgan parvoz “Blue Orign” aerokosmik kompaniyasining ikki yil ichida birinchi parvozi hisoblanadi. Kompaniya 2022 yilda avariya holati sabab vaqtinchalik o‘z faoliyatini tugatgandi. O‘tgan dekabr oyida parvozlar qayta tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

NASA Amerika fazo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made