“Amerika vasvasasi...” Samarqandda yana bir qallob ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Samarqand shahrida odamlarni noqonuniy yo‘llar orqali AQSHga yuborish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 22 yoshli fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahrida yashovchi shaxs firibgarlik yo‘li orqali noqonuniy tarzda AQSHga jo‘natish ishlari bilan shug‘ullanib kelayotganini bildirgan. U avval Yevropa davlatlari orqali Meksikaga, u yerdan esa Qo‘shma Shtatlar hududiga olib o‘tish uchun 30 ming dollar, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa oldindan 10 ming dollar talab qilgan.

Mazkur arizaga asosan, mas’ul xodimlari tomonidan Samarqand shahar Ali Qushchi ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida ushbu shaxs arizachidan 10 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing