Amerika Ukrainaga 61 milliard dollar ajratmoqchi
Olam
−
31 Oktabr 2023
4102Amerika ma’muriyati 1 oktyabrda boshlangan yangi moliya yilida xavfsizlik uchun mamlakat byudjetidan deyarli 105 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ ajratmoqchi. Ushbu summaning yarmidan ko‘pi Ukraina va unga tegishli Amerika dasturlari uchun sarflanishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Time News” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, ma’muriyat Ukraina uchun 61,4 milliard dollar so‘ragan. Pentagondan ajratilgan ushbu mablag‘ning 30 milliard dollari, avvalgidek, Ukraina Qurolli Kuchlariga yetkazib beriladigan qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirishga sarflanadi.
Shuningdek, Prezident Jo Bayden Kongressdan Isroil uchun ham 14,3 milliard dollar ajratishni talab qilmoqda. Shundan 10,6 milliard dollar miqdordagi pul qurol-yarog‘ uchun ishlatiladi.
Agar Kongress byudjetni 17 noyabrgacha qabul qilmasa, Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga yordami tugashi mumkin.
Ma’lumot uchun, AQSH 2022 yil 1 yanvardan hozirgacha Ukrainaga taxminan 70 milliard dollar pul ajratgan. Shundan qariyb 45 milliard dollar harbiy maqsadlar uchun ajratilgan. Oq uyning yangi so‘rovidan ko‘rinib turibdiki, bu yil yordam hajmi qisqaradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil sentyabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 600 million dollarlik yangi yordam paketini taqdim etgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr