Amerika tanqidchilari eng yaxshi aktrisani e’lon qildi

Madaniyat-san’at

image

Nemis aktrisasi Sandra Xyuller Yevropa kino akademiyasi tomonidan e’tirof etilganidan so‘ng, 10 dekabr kuni Los-Anjeles kinotanqidchilari assotsiatsiyasi (LAFCA) ning “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga ham sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri хабар berdi. 

Taqdirlash marosimi Germaniya poytaxti Berlin shahrida bo‘lib o‘tdi. 45 yoshli Xyuller ushbu nominatsiyani "Quloq anatomiyasi" va "Qiziqish hududi" filmlaridagi roli uchun qo‘lga kiritdi. Bu uning bo‘lajak Oskar mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatini yanada oshiradi. 

Bildirilishicha ushbu filmlar yana bir nechta nominatsiyalarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, Jyustin Triyening “Quloq anatomiyasi” dramasi “Ingliz tilida bo‘lmagan filmlar” va “eng yaxshi montaj” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Britaniyalik rejissyor Jonatan Gleyzerning “Qiziqish hududi” filmi esa ham “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” va “Eng yaxshi musiqa” nominatsiyasida sovrinlarni qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, “Qiziqish hududi” filmida Xyos rolini ijro etgan nemis aktyori Kristian Fridel ham “Eng yaxshi aktyor” deb topildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbek tomoshabinlariga “Asteriks va Obeliks” filmidagi Kleopatra roli bilan tanilgan mashhur aktrisa Monika Belluchchi Gretsiyadagi 64-Saloniki (Thessaloniki) kinofestivalida "Oltin Aleksandr" (Golden Alexander) mukofotiga sazovor bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika Sandra Xyuller LAFCA Eng yaxshi aktrisa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing