Amerika politsiyasi Prezident kortejini to‘xtatdi (video)

Olam

image

Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi arafasida diplomatik kortejlar ishtirokida qiziq voqea yuz berdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp korteji uchun barcha yo‘llar to‘sib qo‘yilgan bir paytda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning mashinasi ham politsiya tomonidan to‘xtatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Makronning mashinadan tushib, Trampga qo‘ng‘iroq qilgani aks etgan kadrlar tarqaldi.

“Men ko‘chada kutyapman. Hamma yo‘llar siz uchun yopilgan ekan”, degan u.

Shuningdek, Fransiya yetakchisi Trampga telefonda hazillashib “Yo‘lni oching” deganini ham eshitish mumkin.

2025 yilning 9 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi o‘z ishini boshladi. An’anaga muvofiq, sessiya doirasida yuqori darajadagi hafta tashkil etiladi. Umumiy siyosiy munozaralar 23–29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasida Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish masalasi atrofida bir nechta davlatlarni birlashtirish orqali AQSH va Isroil siyosatiga qarshi global muvozanat yaratishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT shtab-kvartirasidagi nutqida Makron Falastinni rasman davlat sifatida tan olganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Emmanuel' Makron N'yu-York politsiya Prezident korteji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing