“Amerika bahori”. Tramp mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha bayonot bilan chiqish qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp minglab og‘ir qurollangan harbiy xizmatchilar va xavfsizlik kuchlari mamlakatdagi zo‘ravonliklarga qarshi choralar ko‘rishini e’lon qildi. U bu haqda Oq uy bog‘ida so‘nggi hodisalar yuzasidan bayonotida aytib o‘tdi.

Oq uyda Tramp politsiya zo‘ravonliklari natijasida qora tanli Jorj Floydning ўлимига qarshi boshlangan va zo‘ravonlik harakatlariga aylangan noroziliklar haqida bayonot berdi.

U o‘z nutqining boshida AQSH Prezidenti sifatida o‘z burchini eslatib, mamlakatni va xalqini himoya qilishini ta’kidladi.

"Men mamlakatimizning qonunlarini himoya qilishga qasamyod qilganman. Jorj Floydni shafqatsiz o‘ldirilishi bilan haqli ravishda norozi bo‘lgan Amerika xalqi uchun ushbu va’daga sodiq qolaman. Mening ma’muriyatim Floyd va uning oilasi uchun adolatni tiklash bo‘yicha bergan va’dasini bajaradi. U bekordan bekorga o‘lmadi", deydi Tramp.

Ko‘chalardagi tartibsizliklarga e’tibor qaratgan holda, Tramp "biz to‘g‘ri qichqiriqlar va tinch namoyishlar g‘azablangan olomon tomonidan bostirilishiga" yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

Ayrim shtatlar hukumatlari va mahalliy ma’murlarni zo‘ravon harakatlar bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi "zarur choralarni ko‘rmayotganlikda" ayblash bilan birga, Tramp, odamlarning ish joylari talon-taroj qilinganligini, yangi turdagi koronavirus bilan kurashayotgan sog‘liqni saqlash xodimlari qo‘rquvdan uylarini tark etolmayapganini va Vashington shtatidagi muhim tuzilmalar va cherkovlarga zarar yetkazilganini aytdi.

Tramp voqealarni "ichki terror" deb baholadi.

"Bularning barchasi tinch norozilik emas, balki ichki terrorchilik aktlari, begunoh odamlarning qirib tashlanishi. Begunoh odamning qonini to‘kish insoniyatga qarshi jinoyat va Xudoga qarshi jinoyatdir. Amerikaga vayronagarchilik, tarafkashlik, xavfsizlik operatsiyalari, anarxiya, nafrat va tartibsizlik kerak emas. Amerikaga adolat kerak", deydi Tramp.

Prezident bu tartibsizliklarni bostirish uchun barcha harbiy otryadlarni safarbar qilishini e’lon qildi.

"Men mavjud bo‘lgan barcha federal, fuqarolik va harbiy resurslarni, talonchiliklarni, vayronagarchiliklarni tugatish va qonunga rioya qilgan Amerika xalqining huquqlarini himoya qilish uchun safarbar qilaman", deydi Tramp.

Ularning birinchi maqsadi mamlakatda talonchilik va noqonuniy xatti-harakatlarni to‘xtatish ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

"Men har bir gubernatorga yetarli miqdordagi Milliy gvardiyani joylashtirishni maslahat beraman. Gubernatorlar va merlar zo‘ravonlik tugashidan oldin ko‘p sonli xavfsizlik kuchlarini namoyish etishlari kerak. Agar u mol-mulkini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishdan bosh tortsa, men AQSH askarini joylarga yuboraman va muammoni tezda hal qilaman", deydi Tramp.

Shuningdek, Tramp bu ishlarga og‘ir qurollangan harbiylarni jalb qilishini ma’lum qildi.

"Bu yerda gaplashar ekanmiz, minglab og‘ir qurollangan harbiy xizmatchilarni va xavfsizlik kuchlarini tartibsizliklar va vayronagarchilikni to‘xtatish uchun yuboryapmiz", deydi Prezident.

Tramp namoyishchilarga shaharda mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlangan komendantlik soati qoidalariga rioya qilishlarini ogohlantirib, "begunoh insonlarning hayoti va mulkiga tahdid soladiganlar hibsga olinishi va qonun bo‘yicha to‘liq javobgarlikka tortilishi"ni aytib o‘tdi. Shuningdek, u bu tartibsizliklar boshida qaysi guruh turganini ma’lum qildi.

"Men ushbu terrorizm rahbarlari qattiq jazolarga va uzoq muddatli qamoqqa duchor bo‘lishini bilishlarini istayman. Bu guruhlar Antifa jangovar guruhi hamda zo‘ravonlikni boshqaradigan boshqa odamlardir", deydi Tramp.

O‘z xalqini va huquqlarini himoya qilishini ta’kidlagan Tramp, "qonunsiz imkoniyat, adolatsiz erkinlik, xavfsizliksiz kelajak yo‘q"ligini aytdi.

Tramp Oq uydan chiqib Avliyo Jons cherkoviga bordi. U qisqa vaqt cherkov oldida turdi va u yerga kirmasdan keng qamrovli xavfsizlik choralari ostida Oq uyga qaytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Jorj Floyd

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing