Alyaskada vulqon 9 kilometrdan balandga kul otdi
Olam
−
20 yanvar 2020
6250Alyaskadagi Unimak orolida joylashgan Shishaldin vulqoni 9 km dan oshiq balandlikka kul otib yubordi. Bu haqda Alyaska vulqon observatoriyasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu jarayon 17 yanvar kuni boshlanib, hafta oxirigacha davom etgan. “Kul otilishi davom etmoqda, ustun taxminan 9,1 km balandlikka ko‘tarildi”, deydi mutaxassislar.
Shishaldina vulqoni Aleut orollaridagi eng katta vulqon hisoblanadi. U Unimak orolining markaziy qismida joylashgan. Balandligi - 2857 m, yoshi - taxminan 10 mingda. Nishablar uzoq yillik qalin qor va muz qatlami bilan qoplangan.
LiveBarchasi