1998 yildan buyon ilk bor demokrat Alyaska gubernatori etib saylandi

Olam

−

image

Demokrat Jonatan Krayss-Tomkins Alyaska gubernatorligi saylovlarida ğalaba qozondi. Bu haqda “The Hill” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, Jonatan Krayss-Tomkins Respublikaçilar partiyasidan bölgan birdaniga uç nafar raqibini, jumladan, AQŞ prezidenti Donald Tramp şaxsan qöllab-quvvatlagan Bernadett Uilsonni ortda qoldirişga muvaffaq bölgan.

CBS News telekanaliga köra, Alyaska 1998 yildan beri birinçi marta Demokratik partiya vakilini gubernator etib saylagan. Ştat qonun çiqaruvçi majlisining sobiq deputati demokrat Jonatan Krayss-Tomkins 50 foizdan ortiq ovoz töplagan, uning asosiy raqibasi – konservativ faol Bernadett Uilson esa saylovçilarning taxminan 28 foiz ovoziga ega bölgan. Bundan taşqari, poygada Ankorijning sobiq meri respublikaçi Deyv Bronson va ştatning sobiq boş prokurori Treg Teylor ham iştirok etgan.

Konservativ “Fox News” telekanali 2026 yilgi Alyaska gubernatorligi saylovlari amalda respublikaçilar örtasidagi özaro nizoga aylanib ketganini ta’kidlamoqda. Amaldagi respublikaçi gubernator Mayk Danlivi ketma-ket ikki muddatdan söng uçinçi marta öz nomzodini qöya olmas edi, şu bois mahalliy konservativ siyosatçilar orasida uning örnini egallaş huquqi uçun keskin kuraş boşlangan. Mahalliy respublikaçilar bahsiga Donald Tramp ham faol aralaşa boşlagan. U nomzodlar orasida eng konservativ bölgan Uilsonni qöllab-quvvatlagan va boşqa partiyadoşlarini elektoratni parçalaşda ayblab, omma oldida tanqid qila boşlagan.

Saylovlarga bir hafta qolganida Krayss-Tomkinsni Alyaskadan AQŞ senatori respublikaçi Liza Murkovski qöllab-quvvatlagan. U öz qarorini demokrat nomzod “samarali boşqaruv turli qaraşlarga ega odamlarga quloq soliş va muammolarni hal qiliş uçun umumiy nuqtalarni topiş qobiliyatini talab qilişini tuşunişi” bilan izohlagan. Şuningdek, uning nomzodini Alyaskaning uç nafar sobiq gubernatori: demokrat Toni Noulz, mustaqil siyosatçi Bill Uoker va respublikaçi Frenk Murkovski (Liza Murkovskining otasi) qöllab-quvvatlagan.

Alyaskada reytingli ovoz beriş tizimi amal qiladi. Saylovçilar byulletenda nomzodlarni darajalar böyiça – birinçi, ikkinçi, uçinçi tanlov va hokazo tartibda joylaştiradi. Dastlab “birinçi tanlov” sifatida nomzodlarga berilgan ovozlar hisobga olinadi. Agar heç kim 50 foizdan ortiq ovoz töplay olmasa, eng kam ovoz olgan nomzod poygadan çiqadi va uning tarafdorlari byulletenlari uşbu byulletenlarda “ikkinçi tanlov” sifatida körsatilgan qolgan nomzodlar foydasiga qayta taqsimlanadi. Bu jarayon nomzodlardan biri 50 foizlik dovondan ötguniga qadar davom etadi.

2026 yil 3 noyabr kuni bölib ötgan oraliq saylovlar davomida demokratlar ilgari respublikaçilar boşqaruvida bölgan oltita ştatda, jumladan, şu paytgaça Respublikaçilar partiyasining asosiy tayançi hisoblanib kelingan Texasda ham gubernatorlik lavozimlarini qölga kiritişga muvaffaq böldi. Endilikda 50 ta ştatdan 30 tasiga demokrat gubernatorlar rahbarlik qilmoqda, yana 20 ta ştat esa respublikaçilar boşqaruvi ostida qolmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Jorjiya ştatida gubernatorlik saylovida Demokratik partiya vakili Keyşa Lens Bottoms ğalaba qozongandi. U mamlakat tarixida ştat gubernatori etib saylangan ilk qora tanli ayol böldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing