Alonso “Real Madrid” murabbiyi etib tayinlandi – Romano
Sport
−
12 may
5319Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso Madridning “Real” klubi murabbiyiga aylandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Alonso joriy mavsum yakuniga yetganidan keyin “Bayer”ni tark etib, “Real”ga ko‘chib o‘tadi. Ikki tomon o‘rtasidagi shartnoma 2028 yilga qadar imzolanadi.
Ma’ulmot o‘rnida, Xabi Alonso “Bayer” bilan 2023/24 yilgi mavsumda Germaniya Bundesligasi va mamlakat kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi