Alonso Fransiya klubi taklifini rad etdi – OAV
Sport
−
18 fevral 682 1 daqiqa
“Real Madrid” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso Fransiyaning “Marsel” klubini boshqarish taklifini rad etdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Marsel” Roberto De Zerbi iste’foga chiqqanidan so‘ng Alonso bilan bog‘langan, biroq u taklifni qabul qilmagan. Xabarlarga ko‘ra, klubning beqaror sport natijalari va umumiy holati mutaxassis qaroriga ta’sir ko‘rsatgan.
“Marsel” ayni paytda Liga 1 turnir jadvalida 22-turdan so‘ng 40 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, 44 yoshli Alonso murabbiy faoliyati davomida “Real Sosedad B” hamda “Bayer” jamoalarini boshqargan. U “Bayer” bilan Germaniya chempionligi, Germaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul” jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi va Alonso yangi murabbiylar ro‘yxatida asosiy nomzod ekanligi xabar berilgan edi.