Almazbek Atamboyevning o‘g‘li otasining partiyasi rahbarligidan ketdi
Olam
−
13 fevral 2021
7688Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev rahnamoligida tashkil qilingan “Qirg‘iziston sotsial-demokratlari” partiyasiga yangi yosh rahbar saylandi. Partiyaga Temirlan Sultanbekov yetakchi bo‘ldi.
Kecha, 12 fevral kuni o‘tkazilgan partiya qurultoyida 22 yoshli Sultanbekov partiya yetakchiligiga saylangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sotsial-demokratik partiya endilikda Bishkek shahar kengashi saylovlarida g‘alaba qilishga harakat qiladi.
Qayd etish kerakki, bungacha partiyaga Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Said Atamboyev rais edi.
Ma’lumot uchun, “Qirg‘iziston sotsial-demokratlari”ning ilk qurultoyi 2020 yil bahorida o‘tkazilgandi. Partiyaning endilikda sobiq rahbari Said Atamboyev siyosiy birlashma otasi Almazbe Atamboyev tomonidan 2018 yilda tashkil qilinganini aytgan.
LiveBarchasi