Allamjonovning xodimlari sudiga tashqi tomondan bosimlar bo‘layotgan bo‘lishi mumkin – advokat

3-sahifa

image

Bugun, 13 yanvar kuni Komil Allamjonovga oid suiqasdda mayda bezorilik aybi bilan 15 sutkaga qamoqqa olingan 7 nafar xodimning taftish sudi qoldirilgani haqida xabar bergan edik.

Unda mazkur ish yuzasidan axborot bergan advokat Davronbek Saidov xodimlarning suiqasdga aloqasi yo‘qligi, shunday bo‘lsada ular jazolangani va hatto advokat himoyasidan mahrum qilinganini aytgan edi.  Uning bildirishicha, sudga tashqi tomondan bosim bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Nega advokatlar taqdim etilmaganiga kelsak, chetdan ta’sir o‘tkazilgan degan taxminlar bor. Tashqi ta’sir bo‘lishi mumkin, chunki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan mansabdor shaxslar o‘zlari bunday qaror qabul qila olmasdi. Biz 23 yanvar kuni sudga huquqlar buzilganligi to‘g‘risida xususiy ajrim chiqarilishini, so‘ngra ushbu qonunbuzarliklarga huquqiy baho berilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilmoqchimiz. Bosh prokuraturaga ehtimoliy tazyiqlar yuzasidan murojaat yuborildi. Yozma shikoyatni ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng biz batafsilroq tushuntirishlar bera olamiz”, dedi Davronbek Saidov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq advokat Davronbek Saidov qo‘lga olingan 7 nafar xodim qiynoqqa solinganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud suiqasd Allamjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing