Allamjonov yolg‘iz emas. Yana bir o‘zbekistonlik mansabdorga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lishgan
3-sahifa
−
20 dekabr 2024 30846 3 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston tomonidan ikki nafar Rossiya fuqarosi Bislan Rasayev va Shamil Temirxonov Interpol qidiruviga berilgani xabar qilingandi. Ularning qidiruvga berilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonov va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori Dmitriy Lini o‘ldirishga qilingan suiqasd bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rasayev va Temirxonov O‘zbekistonga turli yo‘nalishlarda kelgan: biri o‘zbek-qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan, ikkinchisi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan. Ular Komil Allamjonov va Dmitriy Lining o‘ldirilishi uchun 1,5 million dollar taklif qilgan mijozlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra harakat qilgan.
Ma’lumki, Rasayev va Temirxonovga qo‘yilgan ayblovlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- chegarani noqonuniy kesib o‘tish - bu ayb Rasayevning harakatlariga tegishli bo‘lib, u mahalliy sheriklar yordamida Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan;
- kontrabanda – Rasayev jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlar yoki narsalarni noqonuniy olib o‘tishda ishtirok etganligi taxmin qilinmoqda;
- qurollarni noqonuniy saqlash va savdosi – gumonlanuvchilarda suiqasd uchun foydalanishni rejalashtirgan qurollarga ega bo‘lgani da’vo qilinmoqda;
- jinoyat haqida xabar bermaslik va uni yashirish – gumonlanuvchilarning ikkalasi ham yaqinlashib kelayotgan jinoyat haqida xabar bermaganlikda, balki uni tashkil etishda ishtirok etganlikda ham ayblanadi.
Manbaga ko‘ra, Dmitriy Liga uyushtirilishi rejalashtirilgan suiqasd amalga oshmay qolgan.
Ma’lumot uchun, Dmitriy Romanovich Li 2022 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar agentligi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Dmitriy Li mehnat faoliyatini xalq ta’limi tizimi ta’minoti sohasida boshlagan, so‘ngra mashinasozlik va metallurgiya sohasida ishlab, turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2017 yil avgustdan LBMA direktori o‘rinbosari, 2018 yil iyunda Dmitriy Li O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasiga rahbar bo‘lgan.
Allamjonovga suiqasd
26 oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning boshqaruvidagi Range Rover rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxslar mazkur avtomashinaga o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashiringan. Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 248 (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Bosh prokuratura, Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toshkent shahar IIBB, Bojxona qo‘mitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
Live
Barchasi