Allamjonov pedofillarga kastratsiya jazosini qo‘llashni taklif qildi
Jamiyat
−
01 aprel 2023
14213O‘zbekistonda pedofillarga nisbatan kastratsiya jazosini qo‘llash vaqti keldi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib chiqdi.
“Pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikga o‘zgartirish kiritish vaqti keldi”, deydi Komil Allamjonov.
Uning aytishicha, pedofillarga bunday jazo qo‘shni Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Isroil, Janubiy Koreya, Fransiya, AQSH boshqa ko‘plab davlatlarda belgilangan.
“Xitoy, Lotin Amerikasi davlatlari, Saudiya Arabistoni va Eronda birato‘la o‘ldirib yuborilar ekan”, deydi Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, "Yuksalish" umummilliy harakati raisi – deputat Bobur Bekmurodov joriy yilning 28 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasida pedofillarni bichishni, ularning ro‘yxatini e’lon qilib borishni va maktabdan uzoqda yashashini ta’minlashni taklif qildi. Afsuski, boshqa qonunchilar uning taklifini qabul qilmadi.
Qirg‘izistonda esa deputatlar pedofillarga o‘lim jazosi berilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilmoqda.
Ma’lumot uchun Kastratsiya deb hayvonlar va odamlarda jinsiy a’zolarni olib tashlashga aytiladi.
LiveBarchasi