Allamjonov “Oltin qalam" tashkiliy qo‘mitasi a’zoligiga qo‘shildi
Jamiyat
−
05 aprel 2019
5374Avvalroq, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Oltin qalam" XІV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 5 aprel kuni mazkur tanlov tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakim raislik qildi.
Yig‘ilishda ma’lum qilishicha, XIV milliy mukofoti xalqaro tanlovining tashkiliy qo‘mitasi tarkibida o‘zgarishlar mavjud. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov tashkiliy qo‘mita a’zolari qatoriga kiritilgan.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Komiljon Allamjonov ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini tanqid qilib, media sohasidagi muammolarni hal etishda bu instansiyaning roli yo‘qligi, uning faqat nomi mavjudligini aytgandi. Qolaversa, u “Oltin qalam” mukofotini ham tanqid qilgandi.
LiveBarchasi