Allamjonov BBC muxbiri Toshkentda taqiqqa uchraganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq BBC jurnalisti Avaz Tohirov “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik maydonida tasvirga olmoqchi bo‘lganida taqiqqa uchragani haqida xabar bergan edik. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib chiqqandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov Avaz Tohirovga Mustaqillik maydoni va “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida  suratga tushirishga ruxsat berilmaganiga munosabat bildirdi.

“No Photo, No Video” muammosi mamlakatimiz ijtimoiy hayotidan allaqachon yo‘qotilishi kerak edi, ammo u qayta va yana qayta yuzaga kelmoqda. 

Suratga olish taqiqlanishini tartibga soluvchi biror bir hujjat yo‘q. 2018-yilda IIV tomonidan VML-“O‘zbekiston Respublikasi hududida jamoat joylarini, bino va inshootlarni suratga olish va videotasvirga tushirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi loyiha tayyorlanib, muhokama uchun e’lon qilingan, ammo qabul qilinmaganligicha qolib ketgan edi”, deydi Allamjonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning ochiqlik siyosatiga zid bo‘lgan, ayrim o‘zboshimchalik bilan joriy qilingan taqiqlar jamiyatga zarar keltirishi muqarrar.

“Agar Vazirlar Mahkamasining suratga olishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarori bo‘lmasa, barcha idoralar xodimlariga, bunday holatlarda qanday yo‘l tutish  kerakligi haqida ko‘rsatma berilishi kerak.

Butun dunyoda, agar taqiq bo‘lmasa, demak ruxsat berilganligi nazarda tutiladi. Qonun bilan suratga olish taqiqlangan ob’ektlar ro‘yxati mavjud. Qolgan hamma joylarda – fotograflar, sayyohlar uchun ham, O‘zbekiston fuqarolari uchun ham, to‘liq erkinlik ta’minlanishi zarur”, deydi Allamjonov.


Maqola muallifi

Teglar

Komil Allamjonov

Baholaganlar

446

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing