Alla Pugachyovaning ahvoli yomonlashdi

Madaniyat-san’at

image

Turmush o‘rtog‘i Maksim Galkinning ortidan Kiprga jo‘nab ketgan xonanda Alla Pugachyovaning sog‘lig‘i shoping vaqtida yomonlashdi. Bu haqda "Gazeta.ru" xabar berdi.

“Alla Borisovna salomatligi yomonlashganini yashirmadi. U sotuvchiga sog‘lig‘idan shikoyat qildi. Xonanda hatto kattaroq poyabzal sotib olishga majbur bo‘layotganini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, oyog‘i shishib ketganidan oldingi tuflisi mos kelmay qolgan. Xarid vaqtida ham primadonna bir necha bor nafas rostlashga majbur bo‘ldi”, degan guvohlardan biri nashrga. 

Shuningdek, insayder qo‘shiqchi o‘sha kuni Kiprdagi birgina butikdan besh ming yevrolik mahsulot sotib olganini ham aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainadagi harbiy amaliyotlar boshlanganidan keyin Rossiyani tark etgan xonanda Alla Pugachyova o‘z tanqidchilariga murojaat qilib, ulardan uni obro‘sizlantirishga urinmaslikni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kipr Maksim Galkin Alla Pugachyova Gazeta.ru

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing