Kipr futbol klubi raisi otib ketildi

Sport

image

Kecha, 17 oktyabr kuni Limasol shahrida Kipr ikkinchi divizionidagi “Karmiotissa” futbol klubi raisi Stavros Dimostenus otib o‘ldirildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Reuters”  xabar berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 49 yoshli Dimostenus uyi oldida noma’lum shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan. Jabrlanuvchining o‘g‘li uni shifoxonaga yetkazishga harakat qilgan, ammo u yo‘lda vafot etgan. Gumon qilinayotgan shaxs hozircha qo‘lga olinmagan. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, u mototsiklda ketayotgan payti Limasol trassasida Dimostenusning avtomobiliga qarata o‘t ochgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, politsiya gumon qilinayotgan shaxsni qidirish ishlarini boshlab yuborgan.

Hujum mahalliy futbol taqvimiga ham ta’sir ko‘rsatdi. 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Karmiotissa” – “ASIL” o‘yini bekor qilindi.

Dimostenus raisligidagi “Karmiotissa” klubining joriy mavsumda ikkinchi divizionda o‘ynayotgani, o‘tgan mavsum esa birinchi divizionda qatnashgani ma’lum. Klub 1979 yilda tashkil etilgan va asosan quyi divizionlarda faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Dimostenus Limasolda joylashgan hashamatli avtosalonini boshqargan. U yerda Maserati, Aston Martin, Rolls-Royce, McLaren, Bentley va Tesla kabi yuqori darajadagi avtomobillar sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kipr Karmiotissa Stavros Dimostenus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing