Kiprda favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

image

Kiprda suv tanqisligi sabab favqulodda holat e’lon qilindi va aholidan iste’molni kamaytirish so‘raldi. Bu haqda kecha, 23 yanvar kuni “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda suv resurslari bilan bog‘liq muammolar tufayli favqulodda holat e’lon qilingan. Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirining aytishicha, so‘nggi kunlardagi yog‘ingarchilik yordam bermagan. To‘g‘onlarga oqib tushadigan suv hozirda atigi ikki million kubometrni tashkil etadi, ya’ni nolga teng.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kipr Vazirlar Kengashi favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, 31 million yevrolik yangi chora-tadbirlar paketini tasdiqlagan. Hukumat 2026 yil oxiriga qadar jami to‘qqizta yangi tuzsizlantirish zavodini ishga tushirishni maqsad qilganini bildirgan. Ammo chora-tadbirlar shu bilan tugamaydi va jamoatchilik ham bu sa’y-harakatlarga qo‘shilishga chorlanmoqda.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri har bir kishi shaxsiy suv iste’molini kuniga ikki daqiqaga yoki 10 foizga kamaytirishi kerakligini aytgan. Fermerlarga bu yil oladigan suv miqdori o‘tgan yilgiga nisbatan 30 foizga kamayishi haqida allaqachon xabar berilgan.

Transmilliy darajada Kipr Birlashgan Arab Amirliklari bilan suv tanqisligi masalasida ham tajriba orttirish va tuzsizlantirish zavodlarini yetkazib berish uchun maslahatlashmoqda.

2025 yilda arab mamlakati ikki tomonlama kelishuvga binoan Kiprga 13 ta tuzsizlantirish zavodini bepul yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo “global suv bankrotligi” davriga kirgani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

favqulodda holat Kipr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing