Falastinga dengiz orqali yordam yetkazuvchi gumanitar koridor ochiladi

Olam

image

Kiprdan Falastinga yordam yetkazib berish uchun dengiz gumanitar koridori ochiladi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

Yevrokomissiya rahbarining ta’kidlashicha, ushbu loyiha AQSH va Birlashgan Arab Amirliklari ko‘magida amalga oshirilmoqda. 

"Biz AQSH va Birlashgan Arab Amirliklari ko‘magida G‘azoga yordam yetkazish uchun Kipr dengiz yo‘lagini ishga tushirmoqdamiz. Yevropa shu yilning o‘zida gumanitar yordam uchun 250 million yevro ajratdi, ammo asosiy muammo bu yordamni G‘azoga yetkazish", deydi fon der Lyayen Kiprga tashrifi chog‘ida.

U Yevropa Ittifoqi “yordam yetkazib berishning boshqa yo‘llari ustida ishlashini” ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI gumanitar yordamni havodan jo‘natish uchun 41 ta reysni tashkil qilgan.

"Yaqin Sharqda sodir bo‘lgan voqealar bizga, yevropaliklarga bevosita ta’sir qiladi. Bu chegaralangan mintaqaviy inqiroz emas. Mojaroning tarqalishi mintaqa va undan tashqarida halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin", degan Kipr Prezidenti Nikos Xristodulids.

Uning aytishicha, mazkur rejada uchta asosiy omil bor: orol davlatining anklavga geografik jihatdan yaqinligi, yuklarni qabul qilish uchun zarur infratuzilmaning mavjudligi va qo‘shni davlatlar bilan strategik munosabatlar. 

Shu bilan birga, Isroil gumanitar yordam oqimi ustidan nazoratni o‘rnatib, Kiprdan G‘azo tomon ketayotgan barcha yuklarni tekshirishlari kutilmoqda.

O‘z navbatida, AQSH ma’muriyati anklav hududida Kipr orqali yetkaziladigan gumanitar yordamni qabul qiladigan port qurish qarorini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Kipr Falastin yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing