Alkogolli mahsulotlarning eng past narxlari tasdiqlanadi

Jamiyat

image
Alkogol va tamakiga yangi aksiz marka joriy etiladi north_east

Alkogol va tamakiga yangi aksiz marka joriy etiladi

Alkagolli mahsulotlarning narxlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasining "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga quyidagicha qo‘shimchalar kiritiladi:

•  Import qiluvchida eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogol mahsulotlari mavjud bo‘lganda, eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda tayyor mahsulot qoldiqlariga yangi namunadagi aksiz markalari yangidan yopishtirilib, tovarlardan eski namunadagi aksiz markalari olib tashlanishi kerak.

•  Tovarlardan olib tashlangan aksiz markalari eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda komissiya tomonidan kuydirish yo‘li bilan yo‘q qilinishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi Alkogol

Baholaganlar

271

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing