Alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda ba’zi cheklovlar o‘rnatiladi

Jamiyat

image

Kecha, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha bilan alkogol va tamaki mahsulotlarining ta’lim, sport va diniy muassasalardan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ikki yuz metrdan ortiq radiusda joylashgan savdo ob’ektlarida, shuningdek, umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo majmualari (bozorlar), yarmarka pavilonlarida realizatsiya qilishni taqiqlash belgilanmoqda.

Bundan tashqari, respublika hududiga alkogol mahsulotlarini polietilen, polistirol va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan polimer iste’mol idishlarida olib kirishga taqiq va javobgarlikni o‘rnatish (pivo va vino mahsulotlari bundan mustasno) ko‘zda tutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

tamaki alkogol'

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing