Aliyevni ko‘kka ko‘targan rossiyalik jurnalist ishdan haydaldi (video)

Olam

image

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin taniqli jurnalist Mixail Gusmanni TASS axborot agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etdi. Bu haqdagi qaror Rossiya huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

TASS bosh direktori Andrey Kondrashov Gusmanning 30 yillik fidokorona xizmatini alohida e’tirof etib, unga minnatdorlik bildirgan. Uning ta’kidlashicha, Gusman agentlik faoliyatiga yuzlab xalqaro va Rossiya tadbirlarini, minglab ijodiy g‘oyalarni olib kirgan, 50 dan ortiq xorijiy axborot agentliklari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzishda bevosita ishtirok etgan.

75 yoshli Mixail Gusman 1999 yildan buyon TASS’da yuqori lavozimlarda ishlab kelgan. U 2000 yildan beri efirga uzatilayotgan “Hokimiyat formulasi” nomli mashhur televizion dastur muallifi va boshlovchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u UNESKO huzuridagi Xalqaro axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish dasturining Rossiyadagi qo‘mitasini boshqaradi va tashkilotning hukumatlararo kengashida a’zolik qiladi.

Gusman – faxriy madaniyat xodimi (2001) va faxriy jurnalist (2018) unvonlariga ega. U taniqli rejissyor va teleboshlovchi Yuliy Gusmanning ukasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, hujjatda mazkur iste’foga aniq sabab keltirilmagan bo‘lsada, OAV bu Gusmanning Ozarbayjon rahbariyati haqidagi ochiqchasiga maqtovli bayonoti sabab bo‘lganini yozdi. 19 iyul kuni Xonkendida bo‘lib o‘tgan uchinchi Shusha xalqaro media-forumida Gusman Rossiya OAV vakili sifatida Ozarbayjon yetakchisini “butunlay noyob ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosat olib borayotgan, xuddi mohir skripkachi kabi ish yuritayotgan siyosatchi”, deya tariflagan.

Ozarbayjon va Rossiya orasidagi munosabatlar so‘nggi oylarda taranglashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Xonkendi Mixail Gusman TASS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing