Aliyev Qorabog‘dagi hujumni qachon va qaysi shart bilan tugatishini aytdi

Olam

image

Ozarbayjon Qorabog‘dagi arman qurolli kuchlari qurollarini tashlagach, aksilterror choralarini to‘xtatadi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qilgan. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, telefon orqali muloqot chog‘ida Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashilgan. 

Davlat rahbari Armaniston Qurolli Kuchlarining diversiya-razvedka guruhlari tomonidan Qorabog‘da terrorchilik maqsadida oldindan minalar o‘rnatilgani, buning oqibatida tinch aholi va politsiya xodimlari halok bo‘lganligi, shuningdek, Ozarbayjon armiyasining bo‘linmalarini minomyotlardan va turli kalibrli o‘q otish qurollaridan o‘qqa tutilgani faktlarini qayd etgan.

Aliyevning ta’kidlashicha, bu harakatlar, jumladan, Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatida 9 sentyabrda bo‘lib o‘tgan ”prezidentlik saylovlari” Armaniston va Ozarbayjon suverenitetiga qarshi u tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlayotgan so‘zda separatistik tuzilmaning maqsadli provokatsiyalarining davomi hisoblanadi.

Ozarbayjon prezidenti bu kabi provokatsion va g‘azablantiruvchi harakatlarni bostirish uchun Ozarbayjon mintaqada mahalliy aksilterror tadbirlarini boshlashga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan. 

Davlat rahbari terrorizmga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida tinch aholi va infratuzilma ob’ektlari nishonga olinmagani, faqat qonuniy harbiy nishonlar yo‘q qilinayotganini alohida ta’kidlagan. 

Ozarbayjon Prezidenti ma’muriyati bir necha bor Qorabog‘ hududida yashovchi arman aholisi vakillarini reintegratsiya masalalarini muhokama qilish uchun muloqotga taklif qilgan, biroq rad javobi olingani, ammo mahalliy aksilterror choralarini davom ettirish jarayonida yana o‘sha taklif kiritilganini bildirgan. Davlat rahbari qurol-yarog‘ tashlansa, arman qurolli kuchlari qo‘shinlari qurolsizlantirilsa, aksilterror choralari to‘xtatilishini aytgan. 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken mavjud vaziyatdan xavotir bildirgan, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan va AQSH Baku va Qorabog‘ hududida yashovchi arman aholisi vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, tomonlar muloqoti haqida AQSH Davlat departamenti tomonidan berilgan xabarda  Blinken Bakuni “harbiy harakatlar”ni zudlik bilan to‘xtatish va vazminlikka chaqirgani aytilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing