Aliyev Qorabog‘ mojarosi o‘tmishda qolganini aytdi 

Olam

image

Qorabog‘ mojarosi o‘tmishda qoldi va Tog‘li Qorabog‘ deb nomlangan ma’muriy-hududiy birlik endi yo‘q. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida so‘z ochdi.  

“Ozarbayjon 30 yildan beri davom etayotgan nizoni harbiy-siyosiy yo‘llar bilan hal qildi, o‘zining hududiy yaxlitligi va tarixiy adolatni tikladi. Tog‘li Qorabog‘ mojarosi o‘tmishda qoldi. Ozarbayjonda endi Tog‘li Qorabog‘ deb nomlangan ma’muriy-hududiy birlik yo‘q”, degan Aliyev 

Respublika Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u tinchlik shartnomasini imzolash taklifiga Yerevandan ijobiy munosabat ko‘rmayapti. 

“Mojaro tugadi, shuning uchun Ozarbayjon Armaniston bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish tamoyili asosida tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini e’lon qildi. Bunday kelishuv bizning mintaqani tinchlik va hamkorlik mintaqasiga aylantirishi mumkin. Biroq, biz hali ham Armanistonning taklifimizga ijobiy munosabatini ko‘rmayapmiz”, deya xulosa qilgan Aliyev. 

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro 2020 yil 27 sentyabrda faol jangovar harakatlar boshlanishi bilan keskinlashdi. O‘sha yilning 9 noyabrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan imzolagan uch tomonlama bayonot mojaro zonasida harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtashiga imkon yaratdi. Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtashdi, bir qator hududlar Baku nazorati ostiga o‘tdi, Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tog'li Qorabog' Aliev

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing