Aliyev 140 mingdan ortiq odamni Qorabog‘ga qaytarmoqchi 

Olam

image

Ozarbayjon hukumati 2026 yil oxirigacha 140 mingdan ortiq sobiq qochqinning Qorabog‘ga qaytishini ta’minlash niyatida. Bu haqda respublika Prezidenti Ilhom Aliyev “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi

"Biz imkon qadar tezroq sobiq qochqinlarni joylashtirishimiz kerak. 2026 yil oxirigacha 140 mingdan ortiq odamni joylashtirishni rejalashtirmoqdamiz", deydi Aliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Baku nazoratiga o‘tgan hududlarda infratuzilma va uy-joy qurilishi loyihalariga, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma loyihalariga katta miqdorda sarmoya kiritish zarurati mavjud.

“O‘ttiz yildan beri ishg‘ol ostida bo‘lgan ushbu hudud qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika, quyosh va shamol energetikasi, turizm kabi sohalarda katta salohiyatga ega, shuning uchun ham bu davlat investitsiya dasturining asosiy yo‘nalishi bo‘ladi”, deb ta’kidlagan Ozarbayjon Prezidenti.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da “aksilterror operatsiyasi” boshlanganini e’lon qilgan va operatsiya 20 sentyabr kuni yakunlangan. Janglar natijasida Ozarbayjon Qorabog‘ ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan. Bungacha mintaqada 120 mingga yaqin etnik armanlar yashagan. Ularning 100 mingdan ortig‘i hududni tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing