Alisson Bekker “Atletiko”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi

Sport

image

Angliyaning "Liverpul" klubi darvozaboni Alisson Bekker mashg‘ulot jarayonida jarohat oldi. Alisson ertaga, 7 mart kuni APL doirasida navbatdagi turda "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.

Bundan tashqari, u Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuboradi. Tibbiy tekshiruvdan so‘ng, darvozabon qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Alisson Bekker joriy mavsumda APL doirasida "Liverpul" tarkibida 20 uchrashuvda maydonga tushgan va 1 marotaba qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Liverpul' Alisson Bekker

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made