Alisher Usmonov YeIni sudga berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganiga norozilik bildirib, Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Janob Alisher Usmonovning [Yevropa Ittifoqi] Kengashga qarshi da’vosi 29 aprel kuni qo‘zg‘atilgan. Da’vogar Kengashning unga nisbatan cheklov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishni va sud qarori chiqarilgunga qadar taqiqlovchi choralarni qo‘llashni to‘xtatib turishni talab qilmoqda”, deyiladi xabarida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 fevral kuni YeI kengashi Alisher Usmonovni boshqa rossiyalik tadbirkorlar, rasmiylar va madaniyat arboblari qatori Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga hissa qo‘shgan shaxslar qora ro‘yxatiga kiritdi. Ularning barchasiga Yevropa Ittifoqiga kirish taqiqlandi, Yevropa Ittifoqidagi aktivlari muzlatildi.

Fransiya hukumati milliarderning ikkita vertolyotini hibsga olgan. Italiyada uning umumiy qiymati 80 mln yevrodan yuqori bo‘lgan aktivlari musodara qilingan. 

Germaniyaning Gamburg shahri hukumati Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova nomiga rasmiylashtirilgan Dilbar yaxtasini musodara qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

666

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing