Alisher Usmonov O‘zbekistonga 500 ming doza vaksina yetkazib beradi

Jamiyat

image

Milliarder Alisher Usmonov o‘z hisobidan O‘zbekistonga 500 ming doza koronavirusga qarshi vaksina olib beradi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida aytib o‘tdi, deb xabar berdi “UzReport”.

“U menga Namanganni yaxshi ko‘raman, shuning uchun bitta iltimosim, 50 mingta vaksinani namanganliklarga bering, dedi.

3 trln so‘m zaxirada pul tayyorlab qo‘yganmiz. Ammo shoshilmaymiz. Eng ma’qulini, iqlimimizga, xalqimizga mosini topishimiz kerak. 

Ko‘ngilni xotirjam qiling, bu masalani o‘ylayapmiz. Sinovlarni o‘tkazyapmiz, qaysinisi ma’qul bo‘lsa, albatta olib kelamiz”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing