Alisher Usmonov O‘zbekistonga 10 mln dollar xayriya qildi
Jamiyat
−
30 iyul 2020 38426 1 daqiqa
Avvalroq, Prezidentning tegishli farmoniga asosan, respublika byudjetidan tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga bir martalik pul mukofoti berish uchun 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani xabar qilingandi.
Shuningdek, ushbu maqsadlar uchun taniqli milliarder Alisher Usmonov tomonidan qo‘shimcha ravishda 100 mlrd so‘m (10 mln AQSH dollari ekvivalentida) miqdorida homiylik xayriyasi ajratildi.
Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash uchun jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari beriladi:
• vrach xodimlarga - 5 mln so‘m;
• o‘rta tibbiyot xodimlariga (feldsher va sanitarlar) - 4 mln so‘m;
• haydovchilarga - 3 mln so‘m.
Ushbu to‘lovlar 1 iyungacha ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025