Alisher Usmonov O‘zbekistondagi korxonaning “MegaFon”ga tegishli aksiyalarini sotib oldi

Jamiyat

image

Rossiyaning “MegaFon” kompaniyasi Alisher Usmonovga tegishli USM Telecom kompaniyasiga Digital Holding’dagi o‘z ulushini sotdi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Digital Holding  2021 yil fevral oyida USM Telecom, “MegaFon” va O‘zbekiston hukumati hamkorligida tashkil etilgan. “MegaFon” aksiyalarini ham sotib olgan USM Telecom endilikda qo‘shma korxonaning 51 % ulushini qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi esa kompaniyaning 49 % aksiyalarini o‘zida saqlab qolgan. Tahlilchilar aksiyalar savdosi bilan Alisher Usmonov o‘zining tarixiy vatani bilan biznes aloqalarini mustahkamlashda davom etayotganini takidlagan.

Qo‘shma korxona shakllantirilayotganda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Digital Holding’ning asosiy vazifalari tasdiqlangan. Ular orasida elektron tijorat sektorini rivojlantirish, yangi telekommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish, mahsulotlarni markalash tizimini yaratishda ishtirok etish, raqamli bozorni joriy etish, moliyaviy to‘lov tizimini yaratish bo‘lgan. “MegaFon”  ushbu davr uchun belgilangan barcha majburiyatlari va vazifalarini bajarganini ma’lum qilgan. 

“Oxirgi ikki yil ichida “MegaFon” ishtirokida holdingni shakllantirish to‘liq yakunlandi, bir qator yirik loyihalar ishga tushirildi. Biz barcha hamkorlikni saqlab qolamiz va Digital Holding bilan ishlashda davom etamiz. Bitim “MegaFon” aktivlarini qayta qurish doirasida amalga oshirildi”, deyiladi “MegaFon” bayonotida.

Shuningdek, O‘zbekistondagi yirik kommunikatsiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan Coscom ham “MegaFon”  bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirayotgani, operator Ucell’ning strategik hamkori bo‘lib qolishi va Digital Holding aksiyalari ulushidagi o‘zgarishlar ikki kompaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning intensivligi va sifatiga ta’sir qilmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Alisher Usmonov O‘zbekistonga kelgani va unga foydasi tegishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishini aytgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Alisher Usmonov MegaFon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing